Google “shpionlarni” aniqlovchi funksiyani ishga tushirmoqchi

Texnologiya

image

Google kompaniyasi Chrome OS tizimida ishlovchi qurilmalar uchun atrof-muhitni muhofaza qilish xususiyatini ishlab chiqadi. Agar kimdir ularning ekraniga orqadan yashirincha qarasa, u foydalanuvchilarni ogohlantiradi. Bu haqda “9to5Google” xabar berdi.

Texnologiya odamning kompyuter kamerasi ko‘rish sohasida yoki yo‘qligini aniqlash imkonini beradi. Datchiklar kimningdir borligini aniqlasa, qurilma egasini xabardor qiladi yoki avtomatik ravishda ekranning yorug‘lik darajasini pasaytiradi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bunday chora “intellektual maxfiylikni” (Chrome OS sozdamalarida ushbu funksiya shunday nomlanadi) ta’minlashga yordam beradi. Sizning xohishingiz asosida tizim ma’lumotni qanday himoya qilishini sozlash mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, agar kamera monitor oldida bir nechta odamni suratga olsa, operatsion tizim shaxsiy yozishmalar haqidagi bildirishnomalarni yashirishi mumkin bo‘ladi. Ushbu funksiyani korporativ qurilmalar “ko‘tara oladimi” bu hozircha noma’lum.

Hozirda kompaniya mutaxassislari odam borligini sezuvchi sensorlar va xavfsizlik tizimi ustida ishlamoqda. Taxminlarga ko‘ra, ushbu funksiya 2022 yilda ishga tushiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Google Chrome OS

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing