Google xodimlari keyingi yilning sentyabrigacha masofadan ishlaydi
Olam
−
15 dekabr 2020
2793Google kompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli xodimlarning ofislarda ishlashga qaytishini 2021 yil iyuldan sentyabr oyiga qoldirdi. Bu haqda kecha, 14 dekabr kuni NBC telekanali kompaniya rahbari Sundar Pichayning elektron pochta orqali tarqatgan eslatmasiga asoslanib, xabar bermoqda.
Elektron pochtadagi xabarda yozilishicha, kompaniya “moslashuvchan ish haftasi”ni sinovdan o‘tkazmoqchi, bu ofisning devorlari ichida haftasiga kamida uch kun ishlashni o‘z ichiga oladi.
Joriy yilning iyul oyida Google xodimlari koronavirus pandemiyasi sababli masofadan turib ishlashni 2021 yil iyulgacha davom ettirishlari xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtga kelib, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 72 million 824 936 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 41 257 161 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 1 621 150 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi