Google Isroilning talabi bilan ayrim xizmatlarini o‘chirdi

Olam

image

Google Isroil harbiylari talabiga ko‘ra, Isroil va G‘azo sektoridagi Google Maps va Waze ilovalaridagi trafik ma’lumotlarini o‘chirib qo‘ydi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar bermoqda.

“Biz mojaroli vaziyatlarda va mintaqadagi xavfsizlik nuqtai nazaridan real vaqt rejimida yo‘llardagi harakat va tirbandlik haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyatini vaqtincha o‘chirib qo‘ydik. Buni ilgari boshqa mojaroli holatlarda ham qo‘llaganmiz”, deya kompaniya vakilining so‘zlarini keltiradi agentlik.

Bunday qarorning sababi shundaki, real vaqt rejimida yo‘l harakati ma’lumotlari Isroil qo‘shinlari harakati haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlatilishi mumkin. Nomi oshkor etilmagan agentlik manbasiga ko‘ra, Google Isroil mudofaa kuchlari talabiga binoan yo‘l harakati haqidagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlagan.

“Bloomberg” nashri Google o‘tmishda ham shunga o‘xshash amaliyotni qo‘llagan – u 2022 yilning mart oyida Ukrainada xuddi shu xizmatlarini o‘chirib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Google Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing