Google Isroil bilan tuzilgan shartnomadan norozi bo‘lgan xodimlarini ishdan bo‘shatdi

Olam

image

Kecha, 17 aprel kuni Amerika transmilliy korporatsiyasi Google Isroil bilan tuzilgan shartnomadan norozi bo‘lgan 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Thye Washington Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Google’ning  “No Tech for Apartheid” deb nomlangan bo‘limi xodimlari 2021 yildan beri ilovaning Isroilga texnologiya sotish bo‘yicha kelishuviga qarshi maktublar yozgan va norozilik bildirib kelgan. Ayniqsa, keskinlik Google Isroil va Amazon tomonidan hamkorlikda yaratilgan “Nimbus” (tahr. bulutli infratuzilma bo‘lib, davlat sektori va harbiy ma’lumotlarni bulutga ko‘chirishga qaratilgan ko‘p yillik, ulkan loyiha)  dasturi sababli yanada kuchaygan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16 aprel kuni Google’ning Nyu-York va Kaliforniyadagi ofislarida namoyish o‘tkazilgan va ishchilarning to‘qqiz nafari hibsga olingan. Ertasi kuni esa norozilikka aloqasi bo‘lgan 28 nafar xodim ishdan bo‘shatilgan.

Google’ning munosabat bildirishicha, 28 nafar ishchi muntazam ravishda boshqalarning ishlashiga to‘sqinlik qilib kelgan.

“Biz hozirgacha 28 xodimning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan individual tekshiruvni yakunladik. Tergovni davom ettiramiz va kerak bo‘lganda chora ko‘ramiz”, deydi Google vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google kompaniyasi Chrome brauzeridan foydalanadigan 136 milliondan ortiq AQSH aholisining shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan milliardlab foydalanuvchi faoliyati qaydlarini o‘chirishga rozi bo‘lgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Google Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing