Gonorar bo‘yicha Mirziyoyevga shikoyat qilgan tarjimon “Dunyoning ishlari”ni inglizchaga o‘girdi (foto)

Madaniyat-san’at

image

O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari ingliz tilida chop etiladi. Bu haqda asar tarjimoni Mark Eduard Riz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

Tarjimonning bildirishicha, kitob joriy yilning 31 mart sanasidan boshlab chop etiladi. Tarjima asar Nyu-York metrosida reklama qilinishi kutilmoqda, biroq bularning barchasi ajratiladigan mablag‘ning qiymatiga bog‘liq. Kitob taqdimoti esa aprel oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.

Riz postida asar tarjimasiga mehnati singgan ijodkorlarni ham eslab o‘tgan. Unga ko‘ra, ro‘yxatdan rassom – Dildora Shomuradova, muharrirlar – Jon Kampion, Gulnoza Ismoilova, Munira Norova, Jahongir Azimov hamda tarjimon – Abdullo Ro‘ziyev va Mark Riz o‘rin olgan. 

Ma’lumot uchun, Riz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ham ingliz tiliga o‘girgan, keyinroq esa va’da qilingan gonorar to‘lanmayotganidan O‘zbekiston Prezidentiga shikoyat qilgan edi. 

Shuningdek, tarjimon O‘zbekiston Prezidenti tarafidan "Do‘stlik" va Ekologiya vaziri tomonidan "Turizm fidoiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim” nomli memuarlar kitobining muallif dastxati tushirilgan nusxasi Shavkat Mirziyoyevga yetkazilgani xaqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'tkir Hoshimov asar tarjimon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing