Shopenning 200 yil muqaddam yozilgan asari topildi (video)
Madaniyat-san’at
−
31 Oktabr
3703Nyu-Yorkdagi Morgan ilmiy va tadqiqot kutubxona-muzeyida jahonga mashhur polshalik kompozitor, fortepiano uchun yaratilgan ko‘plab qimmatli asarlarning muallifi Friderik Shopenning avval noma’lum bo‘lgan musiqa asari topildi. Bu haqda “New York Times” nashri xabar berdi.
Shopenning imzosi tushirilgan vals muzey koordinatorlaridan biri tomonidan topilgan. Avvaliga asar haqiqatan ham Shopenga tegishli ekanligiga ishonilmagan va Pensilvaniya universitetida shopenshunos olim bilan maslahatlashilgan. Nihoyat, qog‘oz va kompozitsiyaning yoshi aniqlangandan so‘ng, partitura haqiqatan ham Shopenning asari ekanligi tasdiqlangan. Asar 1830-1835 yillar oralig‘ida, Shopen 20-25 yosh bo‘lgan paytda yozilgan, deb ishonilmoqda.
Qayd etish joizki, Friderik Fransishek Shopen 1810 yil 1 martda Polsha poytaxti Varshava yaqinida tug‘ilgan. Musiqachi 5 yoshidan oddiy asarlarni pianinoda ijro eta boshlagan. 1849 yilda 39 yoshida vafot etgan Shopen asarlarining yangi kashfiyoti juda kam uchraydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aka-uka Grimmlarning Ikkinchi jahon urushi davrida yo‘qolgan asari topilgan edi.
LiveBarchasi