Gongkong-O‘zbekiston o‘yinini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
15 mart 2024 5499 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qo‘shma saralash bosqichi doirasida safarda Gongkongga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuvni koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Bosh hakam Kim Vo Sung, unga qanotlarda hamyurtlari Jang Jon Pil va Kang Dong Ho yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Kim Da Yong ishlaydi.
Ma’lumot uchun, termalarning birinchi uchrashuvi 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da “Mong Kok” stadionida start oladi.
Live
Barchasi