APLda kurash davom etadi. “Liverpul” birinchi o‘ringa chiqdi
Sport
−
06 aprel 2019
5424“Liverpul” Angliya Premer-ligasi 33-turi doirasidagi “Sautgempton”ga qarshi safarda irodali g‘alabaga erishdi va yana peshqadam bo‘lib oldi.
Uchrashuvda dastlab mezbonlar hujumchisi Sheyn Long hisobni ochdi. Ammo, chempionlik uchun jiddiy kurashayotgan Yurgen Klopp shogirdlari o‘zlariga kela olishdi va qolgan daqiqalarda uchta gol urib irodali g‘alabaga erishishdi.
Jamoa kecha ham birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi. Shunga qaramay 3 ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, “Liverpul” joriy mavsum hisobda ortda borib, yakunda o‘yinlarni o‘z foydasiga o‘zgartira olish orqali 16 ochko ishladi. Bu esa APLda mavsumdagi eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.
E’tiborli tomoni, “Sautgempton”ga qarshi bahsning 80-daqiqasida Muhammad Salah gol urdi. Natijada uning APLda 8 ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan “quruq” seriyasi yakunlandi. Bu misrlikning “Liverpul” tarkibidagi 50-goli bo‘ldi. Buning uchun Salahga atigi 69 ta o‘yin kifoya qildi. 50 talik dovondan tezroq o‘tish bo‘yicha misrlik futbolchidan oldinda faqat Rud van Nistelroy (68) va Alan Shirer (66) bor, xolos.
LiveBarchasi