Golden House Toshkentdagi davlat mulkini 208,7 mlrdga sotib oldi
Jamiyat
−
18 aprel 2022
14886Toshkentdagi davlat aktivi bo‘lgan “Agregat zavodi” AJ va “Agregat avtokomplekt” MCHJning bo‘sh turgan bino va inshootlari 200 mlrd so‘mdan ortiqqa sotildi.
Savdo bugun, 18 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda 208,7 mlrd so‘mlik taklif bildirgan “Build Power” MCHJ g‘alaba qozongan.
Lotning boshlang‘ich narxi 130 mlrd so‘m bo‘lgan. Onlayn auksionda 3 nafar ishtirokchi qatnashgan.
Sotilgan ob’ektning umumiy maydoni 9,6288 gektarga teng. Binolar va inshootlar umumiy 52928 kv. metr maydonni egallagan.
Davlat statistika qo‘mitasining Korxona va tashkilotlarning ochiq ma’lumotlar bazasida “Build Power” MCHJ ta’sischilari sifatida “Golden House Development” MCHJ (99 foiz ulush) va Yakovlev Boris Borisovich (1 foiz ulush) ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi