G‘ofur Rahimov yangi lavozimga saylandi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 16 aprel kuni O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston professional boks federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, hozirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti, tajribali mutaxassis G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident hamda Ziyovuddin Xojiniyozov vitse-prezident vazifalariga jamoatchilik asosida saylandi.

Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov 2019 yilda AQSH sanksiyalari sababli AIBA prezidentligidan iste’fo berishga majbur bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks G'ofur Rahimov

Baholaganlar

655

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing