G‘ofur Rahimov qidiruvga berilmagani rasman tasdiqlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vitse-prezidenti – Xalqaro boks kengashi (WBC) oliy kengashi a’zosi G‘ofur Rahimovga nisbatan hech qanday qidiruv e’lon qilinmagan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda Rahimov O‘zbekistonni tark etgani va qidiruvga berilgani haqida gaplar tarqalgandi. Toshxo‘jayev esa G‘ofur Rahimovga nisbatan hech qanday qidiruv e’lon qilinmaganini va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaganini ta’kidladi.

G‘ofur Rahimov 72 yoshda. U "Vikipediya" ma’lumotlarida jinoiy guruh boshlig‘i sifatida qayd etilgan. 

2012 yilda AQSH Federal qidiruv byurosi Rahimovning biznesi bilan qiziqib, o‘zbekistonlik tadbirkorni sobiq SSSR davlatlaridan kelgan jinoyatchilarni o‘z ichiga olgan “Birodarlar doirasi” jinoiy guruhi yetakchilaridan biri deb hisoblagan.

AQSH Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida Rahimovning jinoyat olamidagi ishtirokiga ishora berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev Salim Abduvaliyev (“Salimboyvachcha”), Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) va Saidaziz Saidaliyev (“Saidaziz medgorodok”)ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing