Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevda ham koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
30 iyul 2020
13823O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev ham koronavirusga chalingan va hozirda davolanmoqda. Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Shuningdek, Buxoro viloyatining amaldagi hokimi Karim Kamolov ham koronavirusga chalingan.
Ayni vaqtda ikki mansabdorning qayerda davolanayotgani haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan mansabdorlar soni ortib bormoqda.
Joriy oy boshida Qoraqalpog‘iston Respulikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalingani ma’lum qilingandi. Ayni vaqtda To‘ra Bobolovning salomatligi tiklanmoqda. Musa Yerniyazovning ahvoli esa og‘ir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
LiveBarchasi