Global moliyaviy tizimlardan geosiyosat quroli sifatida foydalanilmoqda – Ramafosa
Olam
−
23 avgust 2023 5042 1 daqiqa
Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa jahon moliyaviy tizimlari geosiyosiy raqobatda qurol sifatida tobora ko‘proq foydalanilayotganidan xavotir bildirdi. Bu haqda u BRICS sammitida so‘z ochdi.
“Biz jahon moliyaviy tizimlari geosiyosiy raqobatda qurol sifatida tobora ko‘proq foydalanilayotganidan xavotirdamiz”, degan Ramafosa.
Shuningdek, u sammitda BRICS mamlakatlari milliy valyutalarda hisob-kitoblarni muhokama qilishini qayd etgan.
“Yangi voqeliklar jahon institutlarining ko‘proq vakillikka aylanishi va zamonaviy tahdidlarga javob bera olishi uchun islohotlarni talab qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan Janubiy Afrika rahbari.
Aytish joiz, shu kunlarda Yoxannesburgda BRICS’ning XV sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotga a’zo mamlakatlar rahbarlari Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan tashkil etilgan biznes-forumda ishtirok etmoqda. Sandton xalqaro konferensiya markazining majlislar zalida BRICS’ga a’zo mamlakatlarning ko‘plab kompaniyalari va investitsiya fondlari, shuningdek, bir qancha Afrika davlatlari va xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar vakillari yig‘ilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur sammit so‘nggi yillardagi Global Janub davlat va hukumat rahbarlarining eng yirik uchrashuvidir. Taklif etilganlar orasida Afrikaning 54 davlati rahbarlari bor. Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videohavola orqali ishtirok etmoqda.
Live
Barchasi