Global isish qanday holatda Yerdagi hayotni yo‘q qilishi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Germaniya va Shvetsiya olimlari Yerdagi iqlimiy o‘zgarish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Izlanish sayyoradagi havo harorati 2 darajaga ko‘tarilsa, jamiki tirik mavjudotlar yo‘qolib ketishini ko‘rsatdi.

Bunday natijaga erishish uchun mutaxassislar kompyuterning hisoblash quvvatidan foydalanib, sayyoradagi iqlim evolyutsiyasining 3 million ssenariysini ishlab chiqqan. Natijada ularning qariyb 30 foizi domino effekti paydo bo‘lishiga olib kelgan. Unda Yer aholisi qaytarib bo‘lmaydigan tarxda yo‘q bo‘lib ketadi va tabiiy sharoitlar butunlay o‘zgaradi.

Voqealar rivojining bun tus olishi uchun esa yillik o‘rtacha havo haroratining 2 darajaga ko‘tarilishi yetarli bo‘lgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, bu global isishning ko‘plab oziq-ovqat tarmoqlariga ta’sir o‘tkazayotgani bilan bog‘liq. O‘z navbatida, bu ham yo‘q bo‘lib ketishiga, ham qurg‘oqchilik, yong‘in, bo‘ron va toshqinlar kabi tabiiy ofatlarga olib keladi


Maqola muallifi

Teglar

iqlim

Baholaganlar

507

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing