G‘iyosov jangi oldidan face-to-face marosimida ishtirok etdi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov yarimo‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun da’vogar maqomini qo‘lga kiritish maqsadida amerikalik yengilmas Xarold Kalderonga qarshi jang qiladi. Bugun, 16 iyun kuni sportchilar face-to-face marosimida ishtirok etdi.

Ushbu jangda g‘alaba qozongan sportchi WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi. 

12 raund etib belgilangan G‘iyosov-Kalderon to‘qnashuvi 18 iyun tongida AQSHning Luiziana shahridagi “Smoothie King Center” arenasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, amerikalik Xarold Kalderon profboksda 27 ta jang o‘tkazib, barcha to‘qnashuvlarda raqiblaridan ustun kelgan. G‘iyosov esa professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, hammasida g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Xarol'd Kal'deron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing