Gitlerning eng keksa tarafdori vafot etdi. U 101 yoshida qamalgan 

Olam

nach_sno
0:00
0:00
download

Eng uzoq umr ko‘rgan natsist Yozef Shyuts kecha, 26 aprel kuni vafot etdi. Bu haqda AFP xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yili urush jinoyatlarida ayblanib, besh yilga qamalgan Yozef Shyuts 102 yoshida vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 1942-1945 yillarda Berlin shimolidagi Oraniyenburg shahrida joylashgan Zaksenxauzen lagerida soqchi bo‘lib xizmat qilgan vaqtida kamida 3500 ta holatda qotillik ishtirokchisi bo‘lganlikda aybdor deb topilgan.

Bu orqali u urush jinoyatlarida ayblangan eng keksa odamga aylangan. Shyuts sudga apellyatsiya berib, o‘zining mutlaqo aybsiz ekanini, uning jinoyatlarga aloqasi yo‘qligini bildirgan. 

Jozef Shyuts urushdan keyin bir muddat, Germaniyaga qaytishidan avval Rossiyada qamoqda saqlanib, u yerda chilangarlik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan.

Germaniya hukumatining 2011 yilda qabul qilgan qarori bilan urush jinoyatlarini sodir etganlikda ayblangan sobiq natsistlarga nisbatan sud ishlari olib borildi. Jozef Shyutsning sudi ham shu bo‘yicha amalga oshirilgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ayblanuvchilar vafot etgani va jismonan sudda qatnasha olmagani uchun bir qancha sud jarayonlari to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gitler Yozef Shyutts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing