Germaniya Prezidenti rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi
Jamiyat
−
28 may 2019
3494O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
28 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar shohsupaga ko‘tarildi. Davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston va Germaniya rasmiy delegatsiyalari a’zolari, mamlakatdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.
LiveBarchasi