Getji - Xuker jangi bekor qilindi

Sport

image

Yengil vazn toifasi UFC jangchisi Den Xuker jarohat oldi va Jastin Getjiga qarshi jangda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
 
Manbaga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 9 mart tongida start oladigan UFC 313 turniri “co main event” jangida oktagonga chiqishi kerak bo‘lgan yengil vazn toifasi vakillari amerikalik Jastin Getji va yangi zelandiyalik Den Xuker to‘qnashuvi bekor qilindi. Sababi Xuker qo‘lidan jarohat oldi va oktagonga chiqa olmasligini ma’lum qildi. Ayni vaqtga kelib, UFC Getjiga yangi raqib izlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Den Xuker faoliyati davomida 36 ta jang o‘tkazgan va shundan 24 g‘alaba va 12 mag‘lubiyat qayd etgan. Jastin Getji esa 30 ta jang o‘tkazib, 25 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Jastin Getji Den Xuker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing