Germaniyadan chiqarilyotgan AQSH harbiylari Polshaga joylashtirilishi mumkin

Olam

image

Prezident Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘shinlarini Germaniyadan Polshaga ko‘chirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Polsha bundan mamnun bo‘lar edi. Bizning Polsha bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Men Prezident bilan ham yaxshi munosabatdaman. Uni juda yaxshi ko‘raman. Shuning uchun bu ehtimoldan holi emas”, deydi Tramp 8 may kuni jurnalistlarga.

Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy joriy yilning 6 may kuni Polsha Germaniyadan chiqariladigan Amerika qo‘shinlarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan. U hatto Tramp bilan shaxsan muzokara qilib, harbiylarni sharqqa yuborishni so‘rashini aytgan.

Polsha Mudofaa vaziri va konservativ Polsha Xalq partiyasi rahbari Vladislav Kosinyak-Kamish ham 9 may kuni Trampning bayonotlarini olqishlagan.

“Polsha – Amerika ittifoqi xavfsizligimizning asosidir. Polsha NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash va Yevropani yanada yaxshiroq himoya qilish uchun ko‘proq amerikalik askarlarni qabul qilishga tayyor”, deb yozgan u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, shu oy boshida Pentagon Germaniyadagi harbiy bazalardan 5 ming amerikalik askar olib chiqilishini tasdiqlagan edi. Bu qaror Trampning Fridrix Mers bilan Eron urushi masalasidagi bahsidan keyin aytgan tahdidini amalga oshirish sifatida baholangandi. Tramp keyinchalik Pentagon 5 mingdan ham ko‘proq qisqartirish qilishi mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius AQSH Prezidenti Donald Trampning mamlakatdan 5 mingga yaqin amerikalik harbiyni olib chiqib ketish haqidagi qaroriga munosabat bildirgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Pol'sha AQSh harbilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing