Germaniyadagi vokzalda pichoqbozlik sodir bo‘ldi
Olam
−
24 may
3198Kecha, 23 may kuni Germaniyaning Gamburg shahridagi markaziy vokzalda noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida kamida 12 kishi jabrlandi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir, yana 3 nafari jiddiy jarohat olgan, 6 kishi esa yengil tan jarohatlari olgan.
Federal politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida 13- va 14-yo‘laklar orasidagi platformada sodir bo‘lgan. “Bild” nashrining yozishicha, politsiya bir ayolni qo‘lga olgan, ammo uning ushbu voqeaga aloqasi bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.
NDR telekanali politsiyaga tayanib, hujumni yolg‘iz shaxs amalga oshirganini va u allaqachon qo‘lga olinganini bildirgan.
Gamburg politsiyasi vokzal hududida keng qamrovli maxsus amaliyot o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeridagi Bedburg-Xau kommunasida ruhiy kasalligi bo‘lgan jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan klinikada bemorlar isyon ko‘targandi. Keyinroq tartibsizlik uyushtirgan mahbuslar politsiyaga taslim bo‘lgan. Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati huquq-tartibot idoralari xodimlari hujumchilarni qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga ko‘ndira olgan.
LiveBarchasi