Germaniyadagi otishma irqchilik va islomga tajovuz sifatida baholanmoqda

Olam

image

Avvalroq, Germaniyaning Gessen federal yerlaridagi Xanau shahrida otishma sodir etilgani, buning oqibatida 9 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Ikkita chilimxonada odamlarni o‘ldirgan qotil yolg‘iz harakat qilgan. U dastlab Kurt-Shumaxer-platsdagi chilimxona va bukmekerlik idorasiga kirgan. So‘ng, Xoymarkt maydonidagi chilimxonada yana uch kishini o‘ldirgan. Qurbonlardan tashqari 5 kishi jarohatlangan.

Qurbon bo‘lganlarning besh nafari turk fuqarolari ekani aytilmoqda. 

Mazkur holatga nisbatan rasmiy Anqara “irqchilik” deya munosabat bildirdi. Turkiya Respublikasi Prezidenti yordamchisi Fuat O‘ktay “Irqchilik va terror butun insoniyatning muammosidir”, dedi. 

Qayd etilishicha, ushbu terrorristik harakatni amalga oshirgan shaxs ham o‘z uyida onasi bilan birgalikda jonsiz holatda topilgan. Ayni vaqtda mazkur terrorchilik harakati Yevropa mamlakatlari, jumladan Germaniyadagi irqchilik va Islomga qarshi munosabatning tajovuzkor ko‘rinishi sifatida qabul qilinyapti. 

Qayd etilishicha, terrorchi 43 yoshda bo‘lgan. U o‘zidan videomurojaat va maktub qoldirgan. Terrorchilikni amalga oshirgan shaxs Germaniya fuqarosi bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

germaniya

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing