Germaniyada yuzlab odamlar nashani qonuniylashtirish uchun namoyishga chiqdi
Olam
−
14 avgust 2023
4430Germaniya poytaxti Berlinda nasha iste’molini qonuniylashtirish tarafdorlari parad o‘tkazishdi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, shahar hokimiyatidagi mitingdan so‘ng 500-600 ga yaqin ishtirokchi shahar bo‘ylab yurishgan.
Tashkilotchilar ko‘p yillar davomida kanop o‘simligidan olinadigan marixuana va gashish kabi giyohvand moddalarni qonuniylashtirishni talab qilib keladi. Ular, shuningdek, tibbiy nashadan foydalanishni osonlashtirish va ushbu narkotik moddadan keng foydalanishni yoqlaydi.
Nasha paradi 1997 yildan beri o‘tkazib kelinadi. O‘tgan yili unda 1500 ga yaqin kishi qatnashgan.
Germaniya hukumati nashani qonuniylashtirishni rejalashtirmoqda. Hozirda ma’lum bo‘lgan rejalarga ko‘ra, kattalarga 25 grammgacha nasha saqlash va shaxsiy foydalanish uchun ko‘pi bilan uchta o‘simlik yetishtirishga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kannabis asosidagi giyohvand moddalarni qonuniylashtirish taklifi bilan chiqqandi. Uning bu taklifi mamlakat parlamentida ko‘rib chiqilidagan bo‘ldi.
LiveBarchasi