Germaniyada saylov natijalari e’lon qilindi. Kim kansler bo‘ladi?
Olam
−
27 Sentabr 2021
16550Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SDP) mamlakat parlamenti – Bundestag saylovlarida g‘alaba qozondi, Angela Merkelning partiyasi esa tarixdagi eng past natijani qayd etdi. Shu tariqa, kanslerlikka ikki nomzod bor. Bular: Olaf Shols va Armin Lashet. Angela Merkel esa hukmron koalitsiya tuzilgach postini tark etadi.
Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, Sotsial-demokratik partiya 25,7 foiz, Xristian demokratik va Xristian sotsial ittifoqi (XDI / XSI) bloki tarixdagi eng past natija – 24,1 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni esa 14,8 foiz ovoz bilan “Yashillar” partiyasi, to‘rtinchi o‘rinni 11,5 foiz ovoz bilan Erkin demokratik partiya egalladi. “Germaniya uchun muqobil” partiyasi esa 10,3 foiz bilan beshinchi bo‘ldi.
Shu bilan birga, “So‘llar” partiyasi 2002 yildan beri birinchi marta partiyalar ro‘yxatidagi 5 foizlik to‘siqni yengib o‘tolmadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 sentyabr kuni Germaniyada Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Amaldagi kansler, XDS sobiq rahbari Angela Merkel saylovlarda ishtirok etmadi. U hukmron koalitsiya tuzilib, yangi kansler tayinlangandan keyin o‘z lavozimini tark etadi. Bu lavozimga asosiy da’vogarlar SDP nomzodi Olaf Shols va CDU / CSU bloki nomzodi Armin Lashetdir.
LiveBarchasi