Germaniyada ruhiy kasal jinoyatchilar klinikani egallab oldi

Olam

image

Bugun, 10 may kuni Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeridagi Bedburg-Xau kommunasida ruhiy kasalligi bo‘lgan jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan klinikada bemorlar isyon ko‘tardi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, voqealar 27 yoshli, ilgari tajovuzkorligi bilan tanilgan bemorning binoda tartibsizlik chiqarib, o‘zini ichkariga qamab olishi bilan boshlangan. U juda agressiv holatda va taxminlarga ko‘ra, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan. Spirtli ichimlik qanday qilib muhofaza ostidagi muassasaga olib kirilgani noma’lumligicha qolmoqda.

Voqeaga boshqa bemorlar ham qo‘shilgan. Kamida 5 kishi mebelni yoqib yuborib, barrikadalar qurishni boshlagan. Oqibatda binoda yong‘in boshlangan. Ba’zi xodimlar binoni tark etishga ulgurgan.

Voqea joyiga butun mintaqadagi maxsus politsiya bo‘linmalari yetib kelgan, maxsus kuchlar, zirhli texnika va vertolyotlar safarbar etilgan. Hujum ehtimoliga qarshi binoga tom orqali kirish imkonini beruvchi maxsus mobil rampa o‘rnatilgan yuk mashinasi ham yetkazilgan.
 
Qayd etilishicha, keyinroq tartibsizlik uyushtirgan mahbuslar politsiyaga taslim bo‘lgan. Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati huquq-tartibot idoralari xodimlari hujumchilarni qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga ko‘ndira olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda 9 nafar mahkum axloq tuzatish muassasasining qo‘riqchilarini o‘ldirib, qochib ketishga uringandi. Qo‘riqchilar qonun va xizmat ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qilib, jinoyatchilarga qarshi o‘qotar qurol ishlatishga majbur bo‘lgan. Oqibatda 3 nafar jinoyatchi zararsizlantirilib, qolganlari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Shimoliy Reyn-Vestfaliya Bedburg-Xau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing