Germaniyada poyezdlar to‘qnashib, ko‘prikdan quladi. Qurbon bor (video)
Olam
−
20 iyun 2685 2 daqiqa
Bugun, 20 iyun kuni Germaniyaning Myunxen shahrida ikki yuk poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida poyezdning bir qismi ko‘prikdan pastdagi avtomobil yo‘liga qulagan. Hodisa tufayli bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan va o‘sha yerda jon bergan. Qayd etilishicha, voqea joyidan olingan suratlarda vagonlar yo‘lga ag‘darilib tushgani va atrofga turli bo‘laklar sochilib ketganini ko‘rish mumkin.
Myunxen politsiyasining ma’lum qilishicha, ko‘prikdan qulagan vagonlar hodisa paytida bo‘sh bo‘lgan. Politsiya, tez tibbiy yordam xodimlari va o‘t o‘chiruvchilar hodisa joyini xavfsiz holatga keltirish ishlarini amalga oshirgan.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 01:40 atrofida ikki yuk poyezdi Milbertshofen tumanidagi Shlayssxaymer shtrasse temiryo‘l ko‘prigidan o‘tayotgan vaqtda manyovr ishlarini bajarayotgan bo‘lgan.
“To‘qnashuv sodir bo‘lganidan keyin poyezdlardan biri Shlayssxaymer shtrasse tomon surilib ketgan va ko‘prikdan qulab tushgan”, deydi politsiya vakili.
Germaniya milliy temiryo‘l kompaniyasi (Deutsche Bahn) vakilining aytishicha, hodisa sodir bo‘lgan temiryo‘l liniyasi faqat yuk poyezdlari uchun mo‘ljallangan.
Qayd etilishicha, avariya sabablari hali aniqlanmagan. Hodisa yuzasidan rasmiy tergov boshlangan. Vagonlarni olib tashlash va yo‘lni tozalash ishlari davom etayotgani sababli Shlayssxaymer shtrasse yo‘li har ikki yo‘nalishda ham vaqtincha yopilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 iyun kuni kechqurun London shimolidagi Bedford shahri yaqinida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lib, yana o‘nlab odamlar jarohatlangan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28