Germaniyada NATO mashg‘ulotlariga qarshi namoyish bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 10 iyun kuni Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yeridagi Vunstorf aviabazasi yaqinida NATOning 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Air Defender 23 mashqlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. 

“Urush o‘rniga tinchlikni amalda qo‘llash” shiori ostida o‘tkazilgan aksiyada 300 ga yaqin odam qatnashgan. Ishtirokchilar Ukrainada diplomatik kelishuv va o‘t ochishni to‘xtatishni yoqlab chiqqan.

Xususan, aksiya asoschilaridan biri Gerxard Biderbek jamiyatning qurolli mojarolarni so‘zsiz qabul qilishga yoki hatto siyosiy mojarolarda so‘nggi chora sifatida ma’qullashga tayyorligi ortib borayotganidan xavotirda ekanini aytgan.

Ishtirokchilar orasida Noyshtadt-Vunstorf tinchlik tashabbusi, Bremen tinchlik forumi va Shimoliy Germaniya tinchlik konferensiyasi tarafdorlari ham bo‘lgan. 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aerodromga velosipedda 50 ga yaqin namoyishchilar yetib kelgan. Taxminan ikki soat davom etgan miting noxush voqea-hodisalarsiz o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Air Defender 2023 havo mashqlari Germaniya va Sharqiy Yevropada 250 ta harbiy samolyot ishtirokida o‘tkazilishi aytilgandi. Mashg‘ulotlarda qatnashish uchun AQSH harbiy-havo kuchlarining 110 ga yaqin samolyoti Yevropaga jo‘natilgan.  Mazkur havo mashg‘ulotlari ekspertlar tomonidan NATO tashkil etilganidan beri havo kuchlarini joylashtirish bo‘yicha eng yirik manyovr, deb hisoblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya NATO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing