Germaniyada musulmonlar qabristoniga zarar yetkazildi 

Olam

image

Yangi yil arafasida Germaniyaning Izerlon shahrida (Shimoliy Reyn-Vestfaliya) noma’lum shaxs yoki shaxslar musulmonlar qabristoniga zarar yetkazdi, turklar va musulmonlarning qabr toshlarini sindirdi.

Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi Bundestag deputati Frank Shvabe musulmonlar qabristoniga hujum qilinganini qoraladi. 

“Baxtimizga, musulmonlar nafaqat hayoti davomida, balki o‘limidan keyin ham yurtimizning bir bo‘lagidir. Qabristonlarni hurmat qilmaydiganlar islomofoblar va ksenofoblardir. Bunga birgalikda qarshi turishimiz kerak”, deb yozgan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati huzurida din erkinligiga rioya qilish uchun mas’ul etib tayinlangan deputat. 

Yangi lavozimga tayinlanish haqida fikr bildirar ekan, Shvabe har qanday din va dunyoqarashga mansublik ko‘pchilik uchun ularning o‘ziga xosligining ajralmas qismi bo‘lib, turli millat vakillarini birlashtirib borishini ta’kidlagan. 

“Vijdon va e’tiqod erkinligidagi cheklovlar qo‘rqinchli “Uyg‘onish” davrini boshidan kechirmoqda. Biz bu bilan rozi bo‘la olmaymiz. Barcha tinch diniy yetakchilar va guruhlar o‘z e’tiqodlariga bemalol amal qilishlari kerak”, degan deputat.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya qabriston

Baholaganlar

332

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing