Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solinmoqda
Olam
−
04 dekabr
973Germaniyaning Nyurnberg shahridagi Dyurer gimnaziyasi kechikkan o‘quvchilarga jarima joriy etdi. Bu haqda “Spiegel” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agar o‘quvchi doimiy ravishda kechikib kelsa va bunga sabab bo‘lmasa, unga 5 yevro jarima solinadi. Ushbu qoidalar 2024 yil may oyida joriy etilgan bo‘lib, allaqachon ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Jarima faqat ba’zi holatlarda amalga oshirilgan bo‘lsada, kechikuvchilar soni sezilarli darajada kamaygan. Maktab direktori bu chora jazo emas, balki o‘quvchilarni o‘z mas’uliyatlarini his qilishga undash maqsadida joriy qilinganini ta’kidlagan.
“Biz o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘dirishni istamaymiz, lekin bizda hali ham biror sababga ko‘ra, maktabga kelmayotgan juda ko‘p bolalar bor”, degan u.
Qayd etilishicha, jarima faqat 9-11-sinf o‘quvchilari uchun qo‘llaniladi.
Jarima chorasi Germaniyadagi maktablarning hammasida ham qo‘llanmaydi. Ayrim ta’lim muassasalarida o‘z vaqtida kelmagan o‘quvchiga qo‘shimcha vazifa berilishi yoki ota-onasi chaqirilishi mumkin.
“Forbes” nashri yozishicha, mamlakatda uzrsiz sabablar bilan maktabga bormaslik uchun yanada qattiqroq jazo qo‘llanmoqda. Germaniyaning ba’zi hududlarida jarima miqdori 2,5 ming yevrogacha yetishi mumkin.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr