Germaniyada festival ishtirokchilari hujumga uchradi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Germaniyaning Zolingen shahridagi festivalda noma’lum erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida noma’lum shaxs ko‘plab odamlarga pichoq bilan hujum qildi, jinoyatchi hali ham ozodlikda ekani aytilmoqda. 

“Shahrimizga hujum bo‘lgani yuragimni parchalab yubordi. Yo‘qotganlarimizni eslaganimda ko‘zlarim yoshlanadi. Men o‘z hayoti uchun kurashayotganlarning barchasi uchun ibodat qilaman”, dedi Zolingen meri Tim-Oliver Kurzbax

Politsiyaga ko‘ra, hujum Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati, Germaniyaning eng zich joylashgan va Niderlandiya bilan chegaradosh shahri Zolingenning 650 yilligiga bag‘ishlangan festivalda sodir bo‘lgan. Hujum oqibatida 3 kishi vafot etgan va kamida 5 kishi jiddiy jarohat olgan.

Ma’lumot uchun, shaharning 650 yilligiga bag‘ishlangan rang-barang festival kecha, 23 avgust kuni boshlanib, 25 avgustgacha davom etishi kerak edi.  Shahar 160 000 ga yaqin aholiga ega bo‘lib, Kyoln va Dyusseldorf yaqinida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq amerikalik estrada yulduzi Teylor Sviftning Venada bo‘lib o‘tadigan uchta konserti ham bekor qilingandi. 9 avgust kuni Avstriya hukumati Teylor Sviftning Venada bo‘lishi rejalashtirilgan konsertida terakt tayyorlashda gumon qilingan uchinchi shaxsni hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing