Germaniyada dunyodagi eng baland shamol turbinasi o‘rnatildi

Bu qiziq

−

image

Germaniyada dunyodagi eng baland shamol energetika qurilmasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat sharqidagi Brandenburg yerida o‘rnatilgan shamol generatori parraklari o‘rnatilgach, o‘z loyihaviy balandligiga yetgan – 365 metr.

Gicon kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ob’ekt bir vaqtning o‘zida Germaniyadagi balandligi bo‘yicha ikkinchi inshoot hisoblanadi. Taqqoslash uchun: Berlin teleminorasining balandligi 368 metrni tashkil etadi – u bor-yo‘g‘i 3 metrga balandroq.

So‘nggi kunlarda kuchli shamol shabadalari sababli ishlar vaqtincha to‘xtatilgan, jahon rekordi haqidagi e’lonni esa ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan.

Yangi shamol generatori o‘z balandligi tufayli an’anaviy shamol turbinalariga qaraganda ikki baravar ko‘p energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U 7,5 mingga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashi kutilmoqda. Shamol qurilmasini rasman foydalanishga topshirish noyabr oyiga rejalashtirilgan.

Aniqlik kiritilishicha, 2026 yilning birinchi choragida Germaniyada iste’mol qilingan umumiy energiya hajmida “yashil” energiyaning ulushi 50 foizdan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda quvvati 1 GVt bo‘lgan dunyodagi eng yirik “Hami” gibrid quyosh elektr stansiyasidan tijoriy maqsadlarda foydalanish boshlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing