Germaniyada cheklov choralariga qarshi namoyishlar o‘tkazildi. 152 kishi hibsga olingan 

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya poytaxti Berlin markazida koronavirus pandemiyasi fonida o‘rnatilgan cheklov choralariga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Namoyishlar paytida 150 dan ortiq kishi hibsga olingan, deb xabar bermoqda "Berliner Morgenpost".  

"21 aprel kuni 15:50 da (Toshkent vaqti bilan 18:50) jami 152 kishi hibsga olingan", deb yozadi gazeta Berlin politsiyasining bayonotiga asoslanib. 

Hibsga olishga pandemiya fonida o‘rnatilgan xavfsizlik choralarini buzish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilish, politsiyaga qarshilik ko‘rsatish va ilgari hibsga olingan shaxslarni ozod qilishga urinishlar sabab bo‘lgan. 

Gazetaga ko‘ra, kecha, 21 aprel kuni ertalab Hukumatning Berlindagi kvartali yaqinida lokdaunni kuchaytirishga qarshi harakat boshlangan. 

Aholini epidemiologik himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga tegishli tuzatishlar Germaniya Bundestagi tomonidan ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan. O‘zgartirishlar 24 aprel kuni kuchga kirishi mumkin. 

Germaniyada shu paytgacha 3,22 mln kishi koronavirus yuqtirgan. 80 938 nafar bemor koronavirus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya namoyish

Baholaganlar

29

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing