Germaniyada hujjatsiz va pulsiz qolgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi

Jamiyat

image

Germaniyada og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan fuqaro aviachipta sotib olish uchun moliyaviy imkoniyati mavjud emasligi sababli O‘zbekistonga qaytish uchun yordam so‘ragan. Shundan so‘ng, Bosh konsulxona Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda fuqaroga yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni ko‘rgan.

Fuqaroning ta’kidlashicha, u vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Ruminiyaga borgan. Keyinchalik yaxshi ish sharoitlarini izlab Germaniyaga o‘tgan. Biroq mamlakat hududida qonuniy qolish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagani sababli og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan.

Qayd etilishicha, fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, unga aviachipta xarid qilish uchun zarur yordam ko‘rsatilgan hamda Germaniyadan O‘zbekistonga qaytishi tashkil etilgan.

Zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, tashkiliy ishlar yakunlangach, fuqaro Germaniyadan O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning voyaga yetmagan farzandi mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing