Germaniyada hibsga olingan turk jurnalistlari ozod qilindi
Olam
−
17 may 2023
3433Germaniyada hibsga olingan turk jurnalistlari Ismoil Erel va Jemil Albay ozod etildi. Bu haqda Germaniya politsiyasi xabar berdi.
Avvalroq Germaniya politsiyasi Turkiyaning “Sabah” gazetasining Frankfurtdagi ofisiga bostirib kirib, gazetaning Germaniyadagi vakili Ismoil Erel va bosh muharriri Jemil Albayni hibsga olgan edi.
“Sabah” gazetasi manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya Ismoil Erel va Jemil Albayning uylariga, shuningdek nashrning Yevropadagi ofisiga bostirib kirib, kompyuter va telefonlarini musodara qilgan.
Reyd maqsadi haqida hozircha ma’lumot olinmagan.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi va kasaba uyushmalari ommaviy axborot vositalari xodimlarini ozod qilish uchun zarur choralarni ko‘rgan.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi voqeani keskin qoraladi va Germaniya rasmiylarini hibsga olingan jurnalistlarni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.
Germaniya elchisi Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Anqara bu voqeani “tajovuz va turk matbuotini qo‘rqitishga urinish” deb atadi.
“Butun dunyoga so‘z va matbuot erkinligini o‘rgatmoqchi bo‘lgan Germaniyada mustaqil matbuotga qilingan hujumlar Berlinda “ikki tomonlama standartlar” siyosati yuritilayotganidan dalolat beradi”, deya ta’kidladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi.
LiveBarchasi