Germaniyada haydovchi miting ishtirokchilarini bosib ketdi
Olam
−
13 fevral
4186Germaniyaning Bavariya shtati Myunxen shahrida avtomobil miting ishtirokchilari ustiga bostirib bordi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, hodisa norozilik namoyishi bo‘lib o‘tayotgan joyda sodir bo‘lgan. U yerda Verdi kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy soha xodimlarining ish tashlashi uyushtirilayotgan bo‘lgan.
Politsiya voqeani tasdiqlagan va hodisa oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qilgan. “Bild” xabariga ko‘ra, 15 kishi jarohat olgan. Voqea guvohlaridan birining aytishicha, mashina ataylab odamlar ustiga bostirib borgan.
“Velt” telekanali xabar berishicha, aybdor deb taxmin qilinayotgan shaxs 24 yoshli yigit bo‘lgan.
Qolaversa, Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder avtohalokat terakt bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Uning aytishicha, bu ishni qilgan 24 yoshli yigit Afg‘oniston fuqarosi sanaladi.
“Endi bir narsani aytishim kerak. Bu terakt bo‘lishi mumkin. Barcha tafsilotlar hali tekshirilishi kerak, gumonlanuvchi Afg‘oniston fuqarosi. Biz barcha tafsilotlarni o‘rganamiz”, degan Markus Zyoder.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saksoniya-Angalt federal yeri poytaxti Magdeburg shahrining markazida joylashgan Rojdestvo yarmarkasida BMW katta tezlikda olomonni bosib ketgandi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 60 dan ortiq odam jarohatlangan. Nashrning yozishicha, turli darajadagi jarohatlar olganlar soni 60 dan 80 kishigacha yetgan.
LiveBarchasi