Germaniya juda qisqa muddatda yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin – Grossi

Olam

image

Germaniya bir necha oy ichida o‘zining yadroviy qurolini yaratishga qodir bo‘lishi mumkin. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) direktori Rafael Grossi “Rzeczpospolita” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Juda oz vaqt. Balki bu bir necha oy masalasi bo‘ladi”, deydi Grossi Germaniyaga yadroviy qurol yaratish uchun qancha vaqt kerakligi haqidagi savolga javob berarkan.

Uning aytishicha, Germaniya bunday qurolni yaratish uchun zarur bo‘lgan texnologiya va materiallarga ega.

“Germaniyada buning uchun zarur bo‘lgan yadro materiali mavjud, ular qanday qilishni bilishadi. Ular barcha texnologiyalarga ega. Biroq bu faqat nazariy farazlar. Yevropa davlatlari shunday xulosaga kelishdiki, hammada yadro quroli bo‘lgan dunyo falokatga olib keladi”, deydi MAGATE rahbari.

Ma’lumot uchun, 1969 yilda Germaniya “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma”ga qo‘shilgan va 1975 yilda bu shartnomani ratifikatsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish instituti (SIPRI) e’lon qilgan yillik hisobotda dunyo yangi yadroviy qurollanish pallasiga kirayotgani aytilgan edi. SIPRI’ga ko‘ra, yadroviy qurolga ega davlatlar o‘z atom arsenallarini kengaytirmoqda va qurollarni nazorat qilish bo‘yicha bitimlardan chiqmoqda. Bu holat sovuq urush tugaganidan keyin davom etgan yadro qurolsizlanishi davrining nihoyasiga yetganini anglatadi. 2025 yil yanvar holatiga ko‘ra, dunyoda jami 12 241 ta yadroviy jangovar kallak mavjud bo‘lib, ularning taxminan 9 614 tasi harbiy omborlarda joylashgan va qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan holatda saqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya yadroviy qurol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing