Germaniya va Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
28 aprel
2948Samarqand viloyati hamda Toshkent shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S” MCHJ ta’sischisi O.O‘. va ish boshqaruvchisi S.R. internet ijtimoiy tarmog‘ida xorijiy davlatlarga ishga yuborishi haqida e’lon berib, 6 fuqaroni Germaniya va Angliyaga ishga yuborish evaziga ularning jami 12 ming 700 dollar pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Toshkent shahrida aniqlangan ikkinchi holatda esa poytaxtning Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ye.M. fuqaro I.S. va uning 4 nafar tanishini 12 ming dollar evaziga Germaniyaga borishi uchun viza olib berishini aytib, shundan 6 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 2 fuqaroni AQSHga ishga yuborishni va’da qilib, 22 ming dollar talab qilgan ota-bola ushlangandi.
LiveBarchasi