Germaniya O‘zbekistonga 61 mln yevro ajratadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi bilan birgalikda videokonferensiya shaklida tashkil etilgan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligining yangi “Strategiya – 2030” rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona hamkor mamlakat sifatida belgilangani ma’lum qilindi.

Germaniya tomoni kasb-hunar ta’limi, kichik va o‘rta biznesni kreditlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, o‘simliklar karantini xizmatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishning yangi hajmlari bo‘yicha O‘zbekiston tomonining takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Muzokara yakunida Germaniya hukumati tomonidan 2021 yil uchun 61 mln yevro miqdorida, jumladan, 23,5 mln yevro – imtiyozli kreditlar va 37,5 mln yevro – O‘zbekistonda yuqorida qayd etilgan sohalarda 8ta loyihani amalga oshirish uchun grantlar va texnik yordam shaklida maqsadli moliyalashtirishni amalga oshirish masalasi to‘g‘risida kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha keyingi ikki tomonlama hukumatlararo muzokaralarni 2022 yilda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing