Germaniya Ukrainaga o‘ziyurar og‘ir texnikalar beradi 

Olam

image

Germaniya Ukrainaga yettita PzH 2000 o‘ziyurar gaubitsalarini topshiradi, bu borada kelishuvga erishildi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vaziri Kristin Lambrext Slovakiyada ma’lum qildi. 

Germaniya Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, tizimlar ta’mirlashdan chiqishi kerak. Shu bilan birga, Lambrext keyingi haftadayoq ukrainalik harbiylarni bu gaubitsalar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitish boshlanishi mumkinligini ta’kidlagan. 

Joriy yilning 28 aprel kuni Bundestag deputatlarining aksariyati hukumatni Kiyevga harbiy yordamni kengaytirishga chaqiruvchi, shuningdek, Ukrainadagi harbiy harakatlarni qoralovchi hujjatga ovoz bergan. Matnda “hamkorlar bilan kelishilgan holda Germaniyadan samarali, shu jumladan og‘ir qurollar va murakkab tizimlarni yetkazib berishni faollashtirish va tezlashtirish” zarurligi haqida so‘z boradi. Hujjat Germaniyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi, “Yashillar” va Erkin demokratik partiyalar tomonidan kelishilgan. Keyinchalik matn Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlarining muxolifat bloki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 

Aprel oyining oxirida Lambrext Germaniya Ukrainaga Gepard zenit qurollarini yetkazib berishga tayyorligini e’lon qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansleri Olaf Sholsni hamda butun Germaniya rahbariyatini Kiyevga tashrif buyurishga taklif qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing