Germaniya Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berish hajmini oshiradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya Ukrainaga Leopard 1 tanklarini yetkazib berish hajmini oshiradi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius “RTL Direkt” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz ishdan chiqqan har bir tankni almashtira olmaymiz, ammo iyuldan boshlab Leopard 1 A5 yetkazib berish hajmini oshiramiz”, deydi Pistorius.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha Ukraina Qurolli kuchlarini 100 dan ortiq shunday tanklar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev Germaniyadan yetkazib berilgan Leopard tanklari sonini uch baravar oshirishni so‘ragan edi. Bundan tashqari, Ukrainada eng yangi nemis Panther KF51 tankini ishlab chiqarilishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Leopard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made