Germaniya Ukrainaga qochqinlar uchun 200 million yevro ajratmoqchi

Olam

image

Germaniya Ukrainaga 200 million yevro miqdorida yangi moliyaviy yordam ajratadi. Bu haqda Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Svenya Shulse “Funke” media guruhiga bergan intervyusida aytgan. 

“Yangi yordamimizning muhim qismi Ukraina hukumatining ichki ko‘chirilganlarni qo‘llab-quvvatlash dasturiga yo‘naltirilishi kerak”, deydi u. 

Bugun, 4 sentyabr kuni Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Berlinga tashrif buyuradi.  

“Men Bosh vazir bilan qochqinlarni ta’minlash masalasida Ukraina hukumatini qanday qo‘llab-quvvatlashimiz mumkinligi haqida gaplashaman. Gap uy-joy, issiqlik, kiyim-kechak va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash haqida ketmoqda”, deydi Shulse. 

Ayni vaqtda hech bir tashkilot Ukrainadan chiqib ketish bo‘yicha mutlaqo aniq statistikaga ega emas. Hisobot chegara organlari, mahalliy hokimiyat organlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuritiladi. Eng batafsil statistik ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinadi.  u ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining deyarli barcha davlatlari 10 mingdan ortiq ukrainalik qochqinlarni qabul qilgan. Yevropa Ittifoqidan tashqarida ukrainaliklar qochadigan davlatlar orasida Rossiya (900 mingga yaqin), Moldova (yarim million qochqin) va Turkiya (deyarli 150 ming) bor. Kamroq odam Belarusga (taxminan 30 ming), Isroilga (35 ming) va Shveysariyaga (taxminan 56 ming) jo‘nab ketadi. Gruziyaga kamida 20 ming ukrainalik keldi.

Qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha yetakchilar qatorida Polsha ham bor. Shuningdek, Vengriya va Ruminiya ham milliondan ortiq odamni qabul qilgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra,  urushdan qochganlarning qariyb 45 foizi tinch hayot tiklanishi bilan tezroq vatanga qaytishni istaydi. 

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligiga ko‘ra,  orijga qochganlarning uchdan ikki qismi hali vataniga qaytish niyati yo‘qligini aytgan. Ammo ukrainaliklarning aksariyati Yevropada qolib, yangi hayot boshlashni xohlaydi. Jumladan, Germaniyaga joylashish istagida bo‘lganlar ko‘p.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevraldan beri 10,5 milliondan ortiq kishi Ukrainani tark etgan, ularning 6,37 millioni Yevropada, eng ko‘pi – 1,25 millioni Polshada joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing