Germaniya Ukrainaga 700 mln yevrolik harbiy yordam ajratadi

Olam

image

Germaniya Ukrainaga 700 million yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini beradi. Bu haqda NATOning Vilnyusdagi sammitida Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi partiya havo hujumidan mudofaa tizimlari, tanklar va artilleriyadan iborat bo‘ladi. Xususan, gap Patriot tizimlarining ikkita akkumulyatori, 40 ta Marder piyoda jangovar mashinasi, 25 ta Leopard 1 tanki, 25 000 ta snaryad, dron tahdidlaridan kompleks himoya, shuningdek, Luna droni va dala shifoxonasi haqida bormoqda.

O‘z navbatida u ushbu yordam paketi Ukrainaning barqarorligini mustahkamlashga muhim hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.

Kansler Olaf Shols bugun NATO sammitidagi chiqishi chog‘ida paketning topshirilishini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Hozircha Germaniya Ukrainaga qariyb 3 milliard yevro miqdoridagi harbiy texnikani topshirishni ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Ukrainaga birinchi uzoq masofali Scalp raketalarini bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Patriot Leopard 1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing