Germaniya Ukrainaga 10 ta Leopard tankini yetkazib berdi
Olam
−
21 iyul 2023
4416Germaniya o‘tgan haftada Ukrainaga 10 ta Leopard 1 tanki, 20 ta MG3 tank pulemyoti, yuz minglab tibbiy to‘plamlar, 10 ta radar va mingdan ortiq 155 mm o‘lchamdagi snaryadlar yubordi. Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasi veb-saytidagi yangilangan ro‘yxatda ma’lum qilindi.
Leopard 1 va 40 ta Marder zirhli mashinasini o‘z ichiga olgan yangi yordam paketi NATOning Vilnyusdagi sammiti chog‘ida e’lon qilingan. Yangi paketning narxi 700 million yevroni tashkil qiladi.
Shuningdek, yangi yordam paketi ko‘prik tizimi va 12 ta tirkama, 10 ta yerdan kuzatuv radari, 16 Zetros yuk mashinasi, 4 ta chegara patrul mashinasi va 100 mingta birinchi tibbiy yordam to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, Germaniya 2023 yil oxirigacha Ukrainaga 100 dan ortiq Leopard 1 tanklarini topshirishga va’da bergan. 2022 yil fevralidan beri Germaniyadan ko‘rsatilgan harbiy, moliyaviy va gumanitar yordamning umumiy hajmi deyarli 17 milliard yevroga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya ham birinchi uzoq masofali Scalp raketalarini Ukrainaga bergandi. Buyuk Britaniya esa joriy yilning avgust oyidan boshlab ukrainalik harbiy uchuvchilarni G‘arb texnikalarini boshqarishga o‘rgatishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi
29 Oktabr