Germaniya “sindi”mi? Olmonlar yana ko‘mir yoqishni boshlayapti

Olam

image

Germaniyaning birinchi toshko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyasi tez orada qayta ishga tushiriladi. Gap Gannover va Braunshveyg o‘rtasida joylashgan Quyi Sakson Xoenxameln shahridagi “Merum” issiqlik elektr stansiyasi (Kraftwerk Mehrum) haqida ketmoqda. Bu haqda bugun, 1 avgust kuni Bonndagi Federal tarmoq agentligidan olingan ma’lumotlarga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.

14 iyuldan boshlab Germaniyada zaxira energiya tizimi deb ataladigan ko‘mir va neft elektr stansiyalarini ishga tushirishga yana ruxsat berildi. Ularni qayta ishga tushirish qarori energiya inqirozi tahdidi tufayli tabiiy gazni tejash maqsadida qabul qilingan va vaqtinchalik.

Federal tarmoq agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Merum hozirgacha qayta ishga tushirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan ko‘mirda ishlovochi yagona IESdir. Iyun oyida Germaniyada elektr energiyasining 11,2 foizi tabiiy gazdan ishlab chiqarilgan.

Germaniya hukumati qarori 2023 yil aprel oyi oxirigacha qazib olinadigan resurslarda ishlovchi zaxiraviy elektr stansiyalaridan elektr energiyasini sotishga ruxsat beradi.

Ularning vaqtincha qayta ishga tushirilishi elektr stansiyasi operatorlari uchun iqtisodiy manfaatlidir, chunki hozirgi vaqtda elektr energiyasining ulgurji narxi yuqori. Ayni paytda jahon bozorida toshko‘mir yetarli.

Qayd etish kerakki, Germaniya va umuman Yevropada Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum boshlaganidan keyin rasmiy Moskvaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar sabab energiya resurslari narxi ko‘tarildi. Natijada Yevropa rasmiylari Rossiya gaziga muqobil qidirishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya elektr energiyasi

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing