Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
08 fevral 2019 7916 1 daqiqa
Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer joriy yilning may oyida O‘zbekistonga kelishni rejalashtiryapti. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida "O‘zbekiston va Germaniyaning madaniy-gumanitar hamkorligidagi dolzarb masalalar" mavzusidagi yig‘ilishda shunday fikr bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Frank-Valter Shtaynmayerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgandi. Federal prezident shu yil bahorida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr