Germaniya Prezidenti Urganchdagi universitetga tashrif buyuradi
O‘zbekiston
−
27 May 2019 5036 1 daqiqa
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-29 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif doirasida Frank-Valter Shtaynmayer Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Tashrif yakunida iqtisodiyot, moliya, ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr