Germaniya Prezidenti kechirim so‘radi
Olam
−
02 sentabr 2019 8549 1 daqiqa
Polshada Ikkinchi Jahon urushi boshlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirda Germaniya Prezidenti Frank Valter Shtaynmayer fashistlar Germaniyasining jinoyatlari uchun uzr so‘radi, deya xabar bermoqda Euronews.
“Qurbonlar oldida, ularning dardlari oldida bosh egaman. Germaniyaning tarixiy xatosi uchun uzr so‘rayman. Biz hali ham Ikkinchi Jahon urushi uchun javobgarmiz”, dedi Frank Valter Shtaynmayer
Polshaning Velyun shahriga 1939 yil 1 sentyabrda fashistlar hujum qilgan. Ushbu shaharni bombardimon qilinishi oqibatida 1 ming 200 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Polsha 6 million fuqarosini yo‘qotdi.
Yubiley tadbirlari Boltiq dengizidagi Vesterplatt yarim orolida va Varshavada ham bo‘lib o‘tdi. Ularda turli mamlakatlardan o‘nlab rasmiylar, jumladan Germaniya kansleri Angela Merkel va AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens ishtirok etdi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr