Germaniya Prezidenti Qozog‘istonga keladi

Olam

image

Joriy yilning 19-21 iyun kunlari Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Qozog‘istonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oqo‘rda Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif chog‘ida davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi va Qozog‘iston-Germaniya strategik sherikligining holati va mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Uchrashuvda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalarda hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika va energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, gumanitar aloqalarni chuqurlashtirishga qaratiladi. Shuningdek, bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Germaniya Prezidenti Qozog‘iston va Germaniya universitetlari rektorlari forumida nutq so‘zlaydi.

Tashrif doirasida Frank-Valter Shtaynmayer mamlakatning Mangistau viloyatiga tashrif buyurib, mintaqaning iqtisodiy salohiyati bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgan. Bu bilan Shtaynmayer Mangistau viloyatiga tashrif buyurgan birinchi Yevropa yetakchisi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing