Germaniya Prezidenti Qozog‘istondan so‘ng yana bir Markaziy Osiyo davlatiga keladi

Olam

image

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azymbaqiyevga tayanib, “Kabar” agentligi xabar berdi.

Azymbaqiyevga ko‘ra, 21-23 iyun kunlariga mo‘ljallangan tashrif doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Davlat rahbarlari Qirg‘iziston-Germaniya ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilishi, shuningdek, do‘stlik va sheriklik ruhidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilashi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya Prezidentining Markaziy Osiyoga safari Qozog‘istondan boshlanadi. 19-21 iyun kunlari Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan keladigan Shtaynmayer mamlakatning Mangistau viloyatiga tashrif buyurgan birinchi Yevropa yetakchisi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmaer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing