Erdo‘g‘anning tashrifi nemis siyosatchilariga yoqmadi

Olam

image

Bugun, 17 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan Berlinga tashrif buyurdi. Biroq mamlakatdagi bir qator mahalliy nashrlar Erdo‘g‘anning kutib olinishi hech qanday iltifotlarsiz kechgani haqida yozmoqda

Prezident Erdog'an Germaniyada

Ba’zi nemis siyosatchilari Erdo‘g‘anning tashrifini butunlay bekor qilishga chaqirishdi, biroq Shols keskinlikka bormaslikka qaror qildi va tashrif yopiq eshiklar ortidagi bitta uchrashuv va tushlik bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Shuningdek yangilangan kun tartibida Erdo‘g‘an Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan ham bir uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Biroq ikki davlat rahbarlarining futbol bo‘yicha Germaniya va Turkiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga avvaldan rejalashtirilgan tashrifi bekor bo‘lgan.

BBC'ning yozishicha, poytaxt Berlin markazida misli ko‘rilmagan darajadagi xavfsizlik choralari ko‘rilgan, bu AQSH Prezidenti tashrifi paytidagi xavfsizlik darajasiga teng

“Germaniyada hokimiyat tepasida kim bo‘lishidan qat’i nazar, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uzoq yillar davomida bir xil darajada murakkabligicha qolmoqda. Nemis siyosatchilari Erdo‘g‘anni bir necha bor og‘ir sherik deb atashgan. Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush esa Berlin bilan Anqara o‘rtasidagi jarlikni yanada kengaytirib, ikki tomonni yanada uzoqlashtirgan ko‘rinadi”, deydi BBC'ning Berlindagi muxbiri Demian Makginnes.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Euractiv” portali Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Berlinda Olaf Shols bilan uchrashuvi chog‘ida Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilishga tayyorligini ma’lum qilishi haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Olaf Shol'ts Frank-Valter Shtaynmaer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing