Germaniya Prezidenti Bundestagni tarqatib yubordi

Olam

image

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Volter Shtaynmayer kansler Olaf Sholsning iltimosiga binoan Bundestagni (parlament) tarqatib yuborish qarorini qabul qildi. Muddatdan oldin parlament saylovlari 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Tagesspiegel” nashri xabar berdi.

“Hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilinganligi sababli u endi parlamentda ko‘pchilik ovozga ega emas. Muqobil tarkibdagi hukumat uchun ham ko‘pchilikni ko‘rmadim. Shu sababli yangi saylovlar mamlakatimiz manfaatlari yo‘lida to‘g‘ri bo‘ladi deb ishonaman”, dedi Germaniya Prezidenti.

Shtaynmayerning ta’kidlashicha, murakkab davrda mamlakat barqarorligini ta’minlash uchun samarali hukumat va parlamentda ishonchli ko‘pchilik bo‘lishi kerak. O‘z bayonotida u Germaniyadagi iqtisodiy va migratsion inqirozlar, Yaqin Sharq va Ukrainadagi mojarolar hamda iqlim o‘zgarishlarini ham alohida ta’kidlagan.

Prezident, shuningdek, boshqa davlatlarning kelgusi saylovlarga aralashuv urinishlariga qarshi chiqqan. U saylov kampaniyasi davomida qo‘rqitish va zo‘ravonlikning qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bundestag navbatdan tashqari yig‘ilishida Germaniya kansleri Olaf Sholsga ishonishdan bosh tortib, shu bilan Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlariga yo‘l ochgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Bundestag

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing